Привет, Гость!
Chat (3) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: Ehh Durdona...
U menga yanada yaqinroq kelib tizzalarini ustma-ust qo‘yib o‘tirdi. Beparvolik bilan qo‘limdagi tel...davomi
Библиотека | Boshqalar
1 2 3 >>

MUCHALINGIZ HAQIDA BILASIZMI?..

Добавил:Блекстар (14.11.2014 / 22:34)
Рейтинг:rating 94423 article (0)
Прочтений:20368
Комментарии:Комментарии закрыты
SICHQON YILI
Sichqon (1912, 1924, 1936, 1948, 1960, 1972, 1984, 1996, 2008-yilda tug'ilganlar uchun)
Ushbu muchalda tug'ilganlar tashqi qiyofasidan yoqimli, jozibador, sobitqadam, mehnatsevardirlar. Bir qarashda xotirjam va bosiq ko'rinsalar-da, unga ishonmaslik kerak. Chunki ular asabiyligi-u tajovuzkorliklarini yashirib turishadi. Bu yilda tug'ilanlar tejamkor, boylik yig'ishga ixlosmanddir. O'zlari yoqtirgan odamlargagina qo'llari ochiq. Chaqma-chaqarlikni xush ko'rishadi, fisqu-fujurdan hazar qilishmaydi, shu bois haqiqiy do'stlaridan ko'ra tanish-bilishlari ko'p. Hech qachon hech kimga ishonishmaydi, g'am-tashvishlarini tanholikda o'zlari tortadilar. Ular kelajaklaridan tashvishlanib, keksayganda birovga qaram bo'lmaslik uchun, tejab-tergashni hamisha orzu qilishadi. Jismoniy ishlardan ko'ra aqliy mehnat bilan bog'liq ishlarni bajonudil bajarishadi. Baxtga qarshi yiqqan pullarini orqa-oldiga qaramay shu zaxotiyoq sarf qilishadi. Ular keksayganda tinch hayot kechirishadi.

HO'KIZ (SIGIR) YILI.
Ho'kiz (Sigir) (1913, 1925, 1937, 1949, 1961, 1973, 1985, 1997, 2009-yilda tug'ilganlar uchun)
Bular sabr-toqatli kamgap, ishonchga loyiq, vazmin, imillagan, yaxshi fe'l-atvorli kishilardir. Aksar hollarda sodda qiyofada bo'lishsa-da, aql-zakovat sohibi hamda chuqur mulohaza yurita olish qobiliyatiga ega shaxslardir. Odatda kamgap, biroq ilhom kelganda gapdon bo'lib ketishadi. Ular jismoniy jihatdan baquvvat, hayotning achchiq-chuchugini totishga bardoshli. Turmushlarida oila katta ahamiyat kasb etadi. Bolalarini yaxshi ko'rib, ular bilan faxrlanishadi. Biroq buyruq berishga o'rganganliklari sababli ularga ham tez-tez qo'pollik qilib turishadi. Ho'kiz yilida tug'ilganlar o'z oilasiga baxt-saodat keltiruvchi, haqiqiy mehnatkash kishilardir. Ushbu muchal ayollari o'z oilalari uchun juda jon kuydirishadi. Oila ravnaqi uchun uni qattiqqo'llik bilan boshqarib borishadi. Erlarini ko'pincha o'z izmlarida tushirishadi. Ushbu yilda tug'ilgan aksariyat er-xotinlar xushmuomila, sadoqatli, hissiyotli bo'lishi mumkin. Lekin xayolparast bo'lishi mumkin. Keksayganlarida mushkul ahvolga tushib qolishlari mumkin, ammo buni bartaraf eta olishsa qarilik gashtini xotirjam suraveradilar.

YO'LBARS YILI
Yo'lbars (1914, 1926, 1938, 1950, 1962, 1974, 1986, 1998, 2010-yilda tug'ilganlar uchun)
Bu muchalda tug'ilganlar hissiyotga beriluvchan, jaxli tez va tartib-intizomga rioya qilmaydigan kishilardir. Ular katta yoshdagilar yoki rahbarlar bilan tez-tez janjallashib turishadi, hatto o'zlarining haq emasliklarini fahmlasalar-da, baribir bahslashishga tayyordirlar. Ulardan ko'pincha inqilobchilar, rahnamolar chiqadi. Itoat etishni yoqtirishmaydi, ammo boshqalarga aytganini qildirishadi. Shu bilan birga, ko'pincha, yaxshi o'ylab ko'rmasdan qaror qabul qilishadi yoki to'g'ri xulosani juda kech chiqarishadi. Agar biror ishni boshlashdan oldin yaxshilab o`ylab ko'rish va dono maslahatlarga quloq solishni uddasidan chiqa olishsa, katta-katta muvaffaqqiyatlarga erishishi mumkin. Tabiatan kurashuvchan, qo`rs va jizzaki bo`lib, ko'zlagan ishlari uchun o'zlarini qurbon qilishga ham qodir. Ulardan yaxshi lashkarboshilar yoki korxonalarning rahbalari chiqadi. Lekin xavfli jinoyatchi ham bo`lishi mumkin, chunki tavakkalchilik bilan qilinadigan har qanday faoliyatni yaxshi ko'rishadi. Judayam jo'shqin va kuchli sevgi sohibidir ular. Ammo ehtirosli bo'la turib, kamdan-kamlari ishq-muhabbat bobida baxtga erishadi. Dastlabki hayotlari osuda va xalovatli o`tadi, biroq keyinchalik kuchli va shiddatli kechinmalarni boshdan kechirashadi. Shunga qaramay, keksayguncha yashay olsalar, qolgan umrlarini tinch va xotirjamlik bilan o'tadi. Bular odatda omadli odamlardir.

QUYON YILI
Quyon (1915, 1927, 1939, 1951, 1963, 1975, 1987, 1999, 2011-yilda tug'ilganlar uchun)
Ushbu yilda tavallud topganlar o`ziga xos xislatlarga ega bo`lib, qobiliyatli, izzattalab, kamtarin, bosiq va saxovatli kishilardir. Benuqson didlari bilan ajralib turadilar, hammaning tahsiniga va ishonchiga sazovor bo`ladilar. Biroq jiddiy kamchiligi yengiltaklik bo`lib, hatto eng yaxshi xislatlari ham yuzakidir. Bundan tashqari, g`iybat qilishni, gap tashishni yaxshi ko`rishadi, lekin buni kishi bilmas holda, xushmuomalalik va ehtiyotlik bilan amalga oshirishadi. Odatda, vazmin va tepsa-tebranmas bo`lganligidan, ular tinchini buzish qiyin. Ularda haqiqiy hissiyotdan ko`ra, tantiqlik kuchli. Arzimas bahona bilan yig`lashlari mumkin, lekin shu zahotiyoq ovunib qolishadi. Odatda, ularning hammasi mutaassib bo`lib, hayot tarzlariga putur yetkazadigan, uni qiyinlashtiradigan har qanday yangilikka toqatlari yo`q. Eng avval badastir xavf-xatarsiz yashashga intiladi. Oldindan"yaxshi”va"yomon”tomonlarini jamlab ko`rmaguncha, hech bir ishga qo`l urishmaydi. Ajoyib ishchanlik qobiliyatiga ega kishilardir. Garchi, ba'zan o`ta ketgan rasmiyatchi bo`lishsa-da, halol va o`z so`zlarining ustidan chiqishadi. Iqtisodiy jihatdan hamisha omadlari yurishadi, o`ylagan ishlarini amalga oshirishda epchillik ko`rsatishadi. Ulardan ajoyib ishbilarmon kishilar yetishib chiqadi. Hayotlari tahlika ostida qolmasa, iste`dodli huquqshunos yoki diplomat ham bo`lishlari mumkin. Bu muchalda tug`ilgan ayollar did, mehmondo`stlik va yaxshi vakillik talab qilinadigan har qanday sohada o`zini ko`rsatishi mumkin. Umuman, ushbu yilda tavallud topganlar o`zlari yoqtirgan odamlarga nisbatan juda xushmuomala va xizmatiga shaydirlar, lekin do`stlar manfaatiga xizmat
qilaman deb, eng yaqin kishilaridan judo bo`lishlari oson. Agar ular favqulotda hodisalarga, fojeali voqealarga, yengib o`tib bo`lmas to`siqlarga duch kelishmasa, butun umr osoyishta yashashadi.

AJDARHO (BALIQ) YILI
Ajdarho (Baliq) (1916, 1928, 1940, 1952, 1964, 1976, 1988, 2000, 2012)
Kimda-kim ushbu yilda tug`ilgan bo`lsa, juda yaxshi sihat-salomatlikka ega bo`lib, serg`ayrat va beg`ubordir. Pastkashlik, tilyog`lamalik va g`iybat ularga begona. Ular ishonuvchan va rostgo`ylar. Ko`pincha yolg`on-yashiq gaplar tufayli o`z tinchligini
yo`qotadi. Barkamollikka intilish ularni o`ziga ham, boshqalarga ham talabchan qilib qo`yadi. Ular ko`p narsani talab qilishadi, lekin talablaridan ko`ra ko`proq ishni o`zlari amalga oshirishadi. Vijdonli, ta`sirchan va dovyurak kishilar bo`lib, ularga bemalol ishonish mumkin. Samimiy kishi bo`lib, odatda bildirgan fikr mulohazalari hamisha asosli bo`ladi. Soddalarcha ishonuvchanliklari tufayli, ularni hamisha aldash mumkin. Shu bilan birga, ular serzarda bo`lib, ba`zan tillariga erk berib yuborishadi. Biroq ularni fikr-mulohazasi bilan hisoblashish kerak, chunki yaxshi maslahat berishadi. Qiziqib, darrov ishga berilib ketishadi. Iste`dodli, o`qimishli va irodali kishilardir. Butun umr hech narsadan zoriqishmaydi, har qanaqangi ishda ham muvoffaqiyat qozonishlari mumkin. Qaysi kasbni tanlashmasin, doimo g`alaba qozonishadi. Ular ko`pincha, hamma uchun sevimlidirlar, biroq o`zlari boshqalarni kamdan-kam hollardagina yoqtirishadi. Hech qachon muhabbat umidsizligi yoki dog`u alamini ularning boshidan
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Скачать txt | fb2
1 2 3 >>

Сообщение: (Max. 5000)

b i u s s spoiler quote url Code color bg color


Комментарии
Всего: 0
На главную
waplogСмотреть лучшее порноstats24.ru-лучший топ рейтинг мобильных сайтовadultop.ruGEGTOP.RU - Топ рейтинг WAP сайтов!KatStat.ru - Топ рейтинг сайтовFaptop.ruEBYTOP.RU - Топ рейтинг сайтов