Привет, Гость!
Chat (3) | Вход | Регистрация
Tasodifiy hikoya: EroMaster uchun
Xurmatli sayt faollaridan bo'lgan Ero Master nega hikoyalar yozmay qo'ydiz. "Seni hohlayman" nomli h...davomi
Библиотека | Boshqalar
1 2 >>

Taqdir. 2-qism

Добавил:OfficialWriter (01.10.2014 / 02:44)
Рейтинг:rating 81477 article (0)
Прочтений:9951
Комментарии:Комментарии закрыты
Taqdir.
II bob.
Yigit nomidan.


Uyqu shirinlik qilib turgan mahalda telefonning tinmay jiringlashi kimga ham yoqadi deysiz? Ko'rayotgan tushimning eng ajoyib nuqtasiga yetganimda "Nokia Tune" musiqasidan uyg'onib ketdim. Ehh, qaysi ahmoq saharlabdan bezovta qilyapti ekan?
-Alooooo!? -dedim cho'zib.
-Avaz akooo, uyg'ooniiing!
-Uyg'otib bo'ldingku! Menda qasding bormidi?
-Nega unaqa deysiz? Ertaroq turib, ishga ertaroq boring, barakali bo'ladi.
Bu ovoz sohibi bo'lgan Nilufar bilan internetda tanishganman. U bilan juda tez chiqishib ketgandik. Nilufar endigina 18 yoshga qadam qo'ygan, kollejning 3-kurs talabasi edi. Mendan 5 yosh kichik bo'lishiga qaramay, juda yaqin do'stga aylanib ketgandik. O'zi umuman olganda deyarli hamma qiz tanishlarim bilan juda yaqinman. Lekin ularni orasida shu Nilufargina ertalab meni uyg'otardi. Aloqani uzarkanman, soatga qaradim: endigina 5 bo'pti! Hali qop-qorong'u! Endi uxlashga ming uringanim bilan uxlolmayman. O'rnimdan turib, hovliga chiqdim. So'riga yotib olib, ertalabki toza havodan simirdim. Kuzning eng avj pallasi kirib kelayotgan oktabr oyida ertalablari yetarlicha sovuq bo'lardi.
O'n-o'n besh daqiqalarda singlim ham uyg'ondi. Undan nonushta tayyorlab berishini so'radim.
Nonushta qilib bo'lgunimcha kun yorishib bo'ldi. Kiyimlarimni alishtirib, o'zimga qarab olgach, ko'chaga chiqdim. Taksi ushladim, o'n daqiqada do'konim qarshisida bo'ldim. Oziq-ovqat mollari sotiladigan do'konimda yolg'iz ishlamas edim. O'zimdan 3 yosh kichik shogirdim Zokir ko'pincha kechikib kelardi. Do'konni ochib, ichini bir sidra tozalab chiqdim. Telefonni internetga uladimu, qizlarni o'rashni boshlab yubordim. Shu vaqtda yana Mohinur esimga tushib ketdi. Tavbaaa, bu qizni nimasidir meni o'ziga tortmoqda edi. . .
Nilufarning aytgani haqiqatga yaqin chiqib, ertalabdan yaxshigina pul ishladim. Telefon qilib Zokirni shoshirdim. Qizlarni o'rash dardida yurgan bu yigit hecham shu ishni eplolmasdi. Uni do'konda qoldirib, bozordan mayda-chuyda qildim va Mohinurlarning kvartirasigacha taksi ushladim.
Eshikni Ruhshona ochdi. Meni ko'rib biroz hayron bo'ldi.
-Yaxshi dam oldinglarmi? -dedim eshik tagida qaqqayib turgancha.
-Rahmat. O'zizdan so'rasak?
-Haa, eshik tagida turaverib o'rganib ketganman.
Ruhshona kulib yubordida, ichkariga taklif qildi. Qo'limdagi narsalar bilan ichkariga kirdim. Bozorliklarni Ruhshonaga topshirdim.
-Eyy, ovora bo'psizdaa, -dedi u hijolat tortib.
-Nega ovora bo'larkanman? Tem bolee hozir talabasizlar, tortinmay oluvring. Aytgancha, Mohinur yaxshimi?
Ruhshona birdan jiddiy tortdi:
-Unchalikmas. . .
-Gaplashdizmi? Nimadir bo'ptimi?
-Hali gaplashmadim. Haliyam o'shanday, nimadandir qattiq ezilib o'tiribdi.
-Xonasidami? -dedim turishga shaylanib.

* * * * *

Qiz nomidan.


Bu dunyoda hechkimga keraging yo'q ekanini his qilib yashash naqadar azob. . . Kimlardir o'zini mehribon ko'rsatishga urinadi. . . Yo'q, endi hechkimga ishonmayman! Umrim bino bo'lib o'zimdan ham ko'proq ishongan yigitimdan aldandim. . . Bu olamda yaxshi odamlar qolmagan. . . La'nati, iflos!
Bo'g'zimga nimadir tiqilgandek bo'lib yig'lashga undardi. Ho'ngrab yig'lab yubordim.
Men bu dunyoga kerak emasman. . . Endi meni hech kimim yo'q. . . Yaqinlarim ko'ziga qanday qarayman endi? Kim degan odam bo'ldim? Shu hayollar meni yanada ho'ngrashga, yanada kuchliroq ezilishga, siqilishga undardi. Butun hayotim barbod bo'ldi. O'sha iflos sababli. . . Ey xudo! Nima gunohlar qilgandimki bunchalar qattiq jazo oldim? Qaysi qilmishim uchun!? Nega endi aynan men?
Yig'layverdim. . . Yig'layverdim. . . Ko'zimda yosh qolmagunicha yig'lashda davom etdim. Eng yaqin dugonam Ruhshonaning ham so'zlariga parvo qilmadim. Ko'nglimni hech narsa, hech kim ko'tara olmaydi.
Eshik ochildi. . . Bu yigit yana kim bo'ldi? Qayerdadir ko'rgandekman. Ustimdan kulishga kelganmi, buncha hursand?
-Sizni soqov desam, hali g'irt yig'loqi ekansizku a? -dedi u nimtabassum bilan, narigi krovat chetiga o'tirarkan.
E'tibor bermadim. Mayli, hohlaganicha kulaversin. Bu bilan endi hech narsa o'zgarmaydi.
-O'sha yigit rostdan ham ahmoq ekan, -dedi huddi ichimdagini o'qiyotgandek,- sizdek qizni hafa qilganini qarang.
Butun tanamdagi kuchni bir so'zga jamladim:
-Kimsiz?
U huddi tok urgandek qotib qoldi. Hartugul, ataylab shunday qilayotganini sezish qiyin emasdi.
-Siz gapira olasizmi? Hali eshitishniyam bilarsiz? Voy palakat. . . Hali rosa so'kinib gapirgandim, ularniyam eshitdizmi?
Uning gaplari negadir kulgimni qistatar edi. Lekin kulmasdim, kula olmasdim. Ichimni kemirayotgan dard bunga imkon bermasdi. Yana takroran so'radim:
-Kimsiz?
-Eslay olmayapsizmi? Kecha sizni o'limdan asrab qolgan shaxzoda bo'laman, -u shunday deb boshini yuqoriga tutib, huddi katta ish qilgan odamdek turardi. Uning holati shu qadar qiziq ediki, beihtiyor jilmayib qo'ydim.
-Bo'larkanku tabassum qilsez. Rol o'ynayotganmidiz Ruhshonaga? Ochig'ini aytaman, mengayam shu dugonez yoqmadi. Lekin undan qutilishni boshqa choralari ham borku. Eng oddiy yo'li oshxonaga o'tasizda, oshpichoqni olasiz. Keyin Ruhshona uxlab yotganida pisib xonaga kirasiz. Krovatini bir chetiga o'tirasizda, qo'lizdagi oshpichoq bilan. . . Piyoz to'g'ray boshlaysiz. Meni aytdi deysiz, 3-piyozni to'g'rab bo'lgunizcha u uxlayotgan joyida yig'lashni boshlaydi.
Yana yarim tabassum qilib qo'ydim.
-Sizni nima qiynayotganini bilmadimu, lekin bunaqa siqilishga arzimaydi. Nega endi kimnidir deb doim ezilib yurishiz kerak? Undan ko'ra turing o'rnizdan, o'shalarni hursand qilmaslik uchun ham hursand yashang. Qani turing, hozir turasizda, yuvinib chiqasiz. Keyin ikkalamiz birga ovqatlanamiz. Haqiqiy romantika bo'ladi.
Bu yigit kim ekanini yaxshi bilmasamda, negadir uning gapirayotgan gaplari qiziq edi. Ha, rost aytardi, kimnidir deb ezilib yurishim yaramaydi. Beixtiyor o'rnimdan turdim. U buni kutmagan shekilli, biroz kalovlanib qoldi va u ham o'rnidan turib, xonadan tashqariga yo'l boshladi.
-Ruhshonabonu! -dedi u gerdaygan ovozda, yana katta ishni qotirgan odam obraziga kirarkan.
Ruhshona "ha?" deb qaradiyu, meni ko'rib hayron bo'ldi. U yigit Ruhshonaga qarab davom etdi:
-Mohinur xonim yuvinib chiqmoqchi. O'zim joooon deb birga kirardimu, lekin sizni kirganiz to'g'riroq bo'lardi menimcha.
Ruhshona yigitga javoban kulib qo'ydida, meni yuvinish xonasiga yetakladi.
Ustimdan iliq suv yomg'iri boshlangach, o'zimni tetiklashgandek his eta boshladim.
-Ruhshon?
-Hm?
-Anu yigit kim?
-Kecha seni shu yigit opkeldida. Aytishicha ko'chada bir ahvold yurgan emishsan. Ismi Avaz, bizdan 4 yosh katta ekan. Yaxshi yigitga o'xshaydi a?
-Bilmasam. . .
Sochiqqa artinib, sochlarimni quritib chiqqanimizda Avaz ismli yigit divanda o'tirgancha televizorda multfilm tomosha qilardi. Multfilmni shunchalik berilib tomosha qilardiki, kirganimizni deyarli sezmadi ham. Bizni ko'rgach, tezda boshqa kanallarni aylantira boshladi. Men ham asta divanga o'tirdim. Bu yigitdan tortinishni ham, tortinmaslikni ham bilmasdim. U o'zini huddi eski qadrdonlardek
Bu ma'qolani do'slaringa yubor:
Скачать txt | fb2
1 2 >>

Сообщение: (Max. 5000)

b i u s s spoiler quote url Code color bg color


Комментарии
Всего: 0
На главную
waplogСмотреть лучшее порноstats24.ru-лучший топ рейтинг мобильных сайтовadultop.ruGEGTOP.RU - Топ рейтинг WAP сайтов!KatStat.ru - Топ рейтинг сайтовFaptop.ruEBYTOP.RU - Топ рейтинг сайтов